Vatan men uchun nimani anglatadi?
Uni
qadr-qimmati har kim uchun turlicha. Men uchun esa televizor bilan teng.
Ishdan qaytayotganda bitta pivo ichib, achqimtirroq sigaret chekishni yaxshi ko`raman. Pivo va sigaretni mahalladagi do`kondan olaman. Nimagadir shunaqasini yaxshi ko`raman. Do`kon honadonda tashkil qilingan, begona kishilar o`tirish uchun qo`yilgan skameyka, ko`chaga qaratilgan temir panjara bilan to`silgan oynadan ko`rinib turadigan bitta-ikkita kishi savdo qilayotganini ko`rmasa do`konliginiyam bilmay o`tib ketishiyam mumkin… . Ehtimol katta shaharda, ehtimol o`zga yurtlarda yuqori sifatli pivoyu sigaretlarni hashamatli barcha qulayliklarga ega supermarketdan olarman, lekin o`sha do`konni eslasam yuragim jiz etadi. O`sha Vatan to`grisidagi olamshumul gaplardan, esdaliklardan tashqari men bugun ichayotgan oddiygina “Qibray” deb ataladigan pivom, achqimtirgina sigaretim men uchun Vatanni xissiyotini, Vatan muhabbatini beradi.
Bir kun ikki yarim yashar farzandim tomga chiqaman deb xarxasha qib turvoldi, opchiqishga majbur bo`ldim. Chiqandan keyin atrofga, tomdan ko`rinib turgan qo`shnilarni uylariga, daraxtlarga, undan nariroqdagi dalalarga qarab “Ana endi tilizor bo`ldi” deydi. Balki qachonlardir men ham o`sha tomga chiqib qo`shnilarni uylariga, daraxtlarga, undan nariroqdagi dalalarga qaragandirman, o`sha televizorni ko`rgandirman. Meni ongimda muhrlanib qolgan o`sha ta’svir ehtimol, Vatan siymosidir. Dunyoni narigi chekkasida ham o`sha “tilizor” menga topib berolmaysiz, u “tilizor” boshqa narsani ko`rsatadi.

Комментариев нет:
Отправить комментарий