Hammamizni daxshatli xabar erta
tongdan qarshi oldi.
“Tuman markazida ishlayotgan hammom
(saunada) da ikki nafar o‘spirin o‘lik holda topildi”.
Men ishlayotgan ta’lim muassasida hammamiz
bir yoqadan bosh chiqarib shu masala haqida bosh qotira boshladik. Oxir-oqibat kimnidir
aybdor ekanligini aniqladik. Eng daxshatlisi, hatto, qorovul ham ularninh aybdor ekanligini tasdiqlashdi. Biz umumiy
majlisda vaziyat haqida tanishgan holda kelajakda ushbu holatga yo‘l qo‘ymaslik
choralirini ishlab chiqish yuzasidan kelishuvga erishishga harakat qildik. Hammomda
nima bo‘lganligi, o‘spirinlar tan
jarohatidanmi (?) vafot etganligi ma’lum emas. Shok uyga kelganimda ikka karra kuchaydi,
dasturxon boshida hamma vafot etgan o‘spirinlar haqida gapirayotgan edi. Indamay
tingladim, menga savolnomo qarashlarga og‘zim to‘la non bosh silkidim. Ko‘chaga
(yaqinda uylangan o‘rtog‘imning “Kelin chaqirdisi”ga) yo‘l oldim. Daxshatdan
titradim, quda tomon kuyov jo‘ralarni kutib olish jaroyonida o‘spirinlar haqida
gapirishayotgan edi.
Men bu haqida yozayotganimda 110 min
kishi yashayotgan tumanning ushbu masala haqida eshitmagan birorta qishlog‘i
qolmadi, ishoning menga. Oradan roppa-rosa 12 soatdan oshiqroq vaqt o‘tib
bormoqda.
Ma’lum
bo‘lishicha o‘spirinlar hammom yaqinidagi avtomobillarni yuvish shahobchasida
ishlashar ekan.
Mening
yoshligim hayolimdan yugurib o‘tdi. Hozir siz mendan maktabga qaysi kuni
bormagansan deb so‘rasangiz, o‘sha kunlar uchun javob bera olaman.
Sinfdoshlarim orasidan ikki nafari men 11 sinfda o‘qiyotgan mahalimda pul
topish, oilaning moddiy tashvishi bilan yashayotgan edi. Ulardan birining otasi
vafot etgan, ikki ukasi bilan onasining ihtiyori(!) unda qolgan (sizga
vaziyatni to‘la sharxlash shart emas deb hisobladim), ikkinchisi esa oramizda
eng topqir, ishbilarmon ekanligi (bu bugun ma’lum bo‘layotibdi) sababli darsni
tashlab o‘sha masalani asosiy rejaga qo‘ygan edi. Bugun mening o‘sha yoshimdagi
o‘spirinlar e’tibor qarataman. Ularning yoshi meni o‘sha o‘spirinligimdan
kattaroqdek. Menga ishoning, ular sizu-bizdek emas, ular kattoroq! Ularning
barchasini asosiy tashvishi, endilikda, pul topish, vaholanki, ular o‘spirin,
ular 10-11 sinf o‘quvchilari! Ular esa oila ehtiyojlari uchun o‘sha pulni ishlab
topishyayotibdi, jin ursin, siz bir necha yillar kechroq erishgan asosiy yutuq
bugun ularning qo‘lida! (Bitta masalada chekinish qilaman, bu ayniqsa kimga
tayyor ish degan kimsalarga, men yashayotgan mahallada kim bekorchi?! Birgina
muammo, siz meni, men yashayotgan hududni yaqindan bilmaysiz (buni bir ozdan
keyin facebookda e’lon qilmoqchiman, u yerda meni hech kim tanimaydi)) Nima
demoqchiman, ular o‘spirin emas! Ular allaqachon voyaga yetib bo‘lishgan. Bizning
farzandlar bizdan tezroq ulg‘ayishayotibdi, bizchi? Biz, siz, men 10-11 sinf
o‘quvchisini hammomda tan jarohatisiz o‘lishiga tayyormizmi? Nimaga 10-11 sinf
o‘quvchisini topgan pulini qa’bul qilgan vijdonimiz qiynalmaydi-yu, uning
kattalardek (bu men uchun daxshat, lekin?!) o‘limiga tayyor emas?! Nimaga ushbu
vaziyatni bu yigitlar hammom egasini taniganu, uni keyinchalik eshikni yopib
ketishlariga ishontirib ichkarida nasha (uni ilmiy, badiiy nomini bilmayman)
chekkanligini qabul qila olmaymiz?! Nimaga hech birimizni ular chekkandir degan
fikr qiynamayotibdi? Kimdir aytishga tayyor, – Chekkan bo‘lsa chekkandir… .
–
Siz yashang!
Keyns
nazariyasi meni har doim qiynaydi. Keynsga ko‘ra boy ham kammag‘al ham bir kosa
ovqat bilan qornini to‘qlasa bo‘ladi. Kishilar qo‘lida to‘plangan iqtisodiy
o‘sish bilan mos ravishda o‘sib borgan real daromadlar keyinchalik taklifning
to‘la qondirilmasligini keltirib chiqarishi mumkin. Bu iqtisodiyotni inqirozga
uchratishi mumkin, o‘nglab bo‘lmas. Keynsga qo‘shimcha sifatida aytmoqchiman,
davlat real daromadlarni nazoratga olishi mumkin, u hech qachon xulq-atvorni
nazoratga ola almaydi! Real daromadlar o‘sish ko‘rsatgichlaridan past bo‘lar
ekan, yoshga nisbatan o‘sib borish (ulg‘ayish) har doim tezroq ko‘tariladi. Bu keyinchalik
milliy inqirozni keltirib chiqarishi shubxasiz!
Nima
qilish kerak? Yoshlar, o‘spirinlar o‘rtasida jinoyatchilikni kamaytirish uchun
avvalo, oilalar qo‘lida to‘planadigan real daromadlarni mamlakat o‘sish
ko‘rsatgichlariga moslash talab etiladi. Mamlakatda jamiyatning real daromad
talabi va uni qondirilishining mosligi
to‘g‘ri tendensiyalarni (shubxasiz, bu qaysidir formulaga mos keladi) tashkil
eta olsagina yoshlar, o‘spirinlar o‘rtasidagi jinoyatchilikni kamaytirish
mumkin. Boshqachasi bekor.
Men
o‘sha ikki o‘spiringa achinaman, sizning o‘sish ko‘rsatgichlarga mos real
daromadlaringizga ham. Tez orada bizning yoshlar rus, ingliz, ispan yoshlariga ulg‘ayish
borasida yetib olishadi, faqat, siz unga tayyormisiz?
Farzandlari
vafot etgan oilalarga hamdarligimni izhor etaman. Iltimos, mendan o‘pkalamang.