
Ana, hozir kelishdi deb chaqiradi, Nigoramikan yoki Nodira? … . Yo‘q, mening xonam emas, ro‘paradagi qarama-qarshi eshikni oldiniga sharaqlab qulf-kalit zarbi titratdi, so‘ng noma’lum oyoq sadosi egasi bilan ichkariga ergashib ortidan shamol qarsillatib yopdi.
Quloqlarim ostida yoki undanam nariroqda, ichkariroqdami
surunkali sirena ovoziga o‘xshagan g‘alati ovozlar asta pasaya boshladi.
Yana yo‘lak bo‘ylab sukunat. Yana yurak maromida
tebranayotgan edi… .
Peshonamdan silqib chiqqan terni ro‘molcha bilan artib stolim ustida betartib qalashib yotgan tugatilmagan bayonnomalar, yetkazilmagan ishchi qog‘ozlar, yarimi o‘qilib yarimi o‘qilmagan kitoblarni bir chetga surib “Jewels Star”ga sho‘ng‘idim. O‘yinda yana oldingidek omadi yurishib ketdi. Xeh, og‘zimni bir cheti bilan tirjayib qo‘ydim-u yuragimning tubida shivirlab paydo bo‘gan “Komissiya” degan so‘z endi quloqlarim ostida “Komssiyasi hech kimmas” degancha pleyerimdagi musiqaga hamohang baralla yangray boshladi… .