среда, 29 апреля 2015 г.
воскресенье, 19 апреля 2015 г.
Umidsizlik lotereyasi_Kechikkan yozuvlar
Nihoyat
men bank chiqargan lotereyalarni tekshirish uchun yutuqli lotereyalar jadvaliga
ega bo‘ldim. Shu kungacha o‘zim egalik qilayotgan (ularni qaysidir ma’noda
sotib olgan deb aytsam qaysidir ma’noda bu noto‘g‘ridek) 3 tagina lotereyaga
har kuni uyqudan oldin bir qarashim hamono “Lotererya sonatasi” seriali
boshlanadi. Bu serialdagi bosh qahramon – kamina, o‘zim yutub olgan qop-qora
Malibuda “minga qo‘yib” yuribman, chiroqlarlar, daraxtlar, bekatlarni bir zumda
ortda qoldirib shamoldek uchib boraman. Ortda odamlar qo‘l siltib qolishadi,
bir-biriga meni gapirishayotganini shundoqqina anglab turaman… . Bir o‘rtog‘imga
orzularimni aytib qoldim: – Mashina yutib olsam-a, nechta lotereya sotib
olgansan deganda endi javob uchun og‘iz juftlagan ham edimki, yonidagi sherigi,
aftidan bir fermer 300 ta sotib olganini
maqtanib qolsa bo‘ladimi. O‘sha kundan tushlarim o‘zgarib qoldi, endi bosh
qahramon, ya’ni kamina har gal muzlatgich oldida gavdalanardim, ba’zida
muzlatgichimni mushuk bolasidek erkalayotgan bo‘lsam, ba’zida “Ochil
muzlatgich”dan toshib chiqib ketayotgan ichimliklarni ulashaman, o‘rtoqlarga,
qo‘ni-qo‘shnilarga, quloqlarim ostida olqishlar eshitiladi, ritm… .
Suhbatlarning birida kimdir barcha lotereyalar sonini o‘n milliondan oshadi,
deb qoldi-yu, shu-shu “Lotereya sonatasi” serali tugadi. Endi o‘zimni majburlay
boshladim, hech bo‘lmaganda yuz ming so‘m yutishim kerakku axir, meni haqqim
bor. Yo‘q, o‘z ustimda qanchalik ko‘p ishlashimga qaramasdan boshqa serial
qismlari yaratilmadi.
Yutuq
chiqmagan lotereyaning nimasi yomon, bilasizmi? U boshqa lotereya sotib olishga
undaydi, u hech qachon umidsizlantirmaydi, balki aynan yutuqsiz lotereyagina
sizga yana boshqa lotereya sotib olish uchun rag‘bat bo‘ladi.
Jadvalga
e’tibor beradigan bo‘lsangiz, jami yutuqli serialar soni 1 118 ta
ekanligini ko‘rasiz, bir seria doirasida 1 000 tadan loterea borligini
hisobga olgan holda aytish mumkinki yutuqli lotereyalar soni
1 118 000 ta. Barchasi to‘g‘ri, bank bayonotiga to‘g‘ri. O‘yinda
qatnashgan barcha serialarning soni 9 999 ta (yuqorida aytganimdek, bir
serada 1000 ta lotereya bor). Endi oddiy matematika, yutuqli serialar ulushi
jami seralar doirasida 11,2 foizni tashkil qilayapti. Talonchilik emasmi?! Hech
bo‘lmaganda, 51 foizi yutuqli bo‘lmaydimi? Adolatsizdek ta’surot uyg‘otgan
narsa bir seria doirasida barcha lotereyalar eng minimal 10 000 so‘mdan
yutgan bo‘lsa, bir seriya doirasida (mingta lotereyadan) birortasi sariq chaqa
ham yuta olmagan. Mendagi birinchi farazga ko‘ra barchaning imkoniyati teng
bo‘lishi uchun kishilar butun seria (ming ta lotereya)ni bir o‘zi yakka holda
sotib olib o‘yinda qatnashishlari kerak edi. Shunda muvozanat o‘rnatilar edi. Menga
o‘xshagan barmoq bilan sanarli lotereya sotib olganlarning imkoniyatini kim
hisobga oladi?
Sizga
bitta kichkinagina ma’lumotni eslatib o‘tmoqchi edim, butun dunyodagi boylik
(100 foiz)ning 82,7 foizi Yer shari aholisining atiga 5 foizi qo‘lida
to‘plangan. Eng qashshoq 5 foiz kishilar Yer boyliklarining atiga 3 foiziga
egalik qiladi. Mana shunaqa gaplar, azizlar. Hech qachon lotereryalaringizdan
umidsizlanmang, bu yil omadingiz kelmagan bo‘lsa albatta keyingi yil omadingiz
keladi ;) Bank xalq manfaatlarini o‘ylaydi va albatta bu lotereyani an’anaga
aylantiradi degan umiddamiz ;)
Менинг нафақам кимда?
Менинг
нафақам кимда?
Онам нафақага чиқдилар. Бу
хонодонда ўзгача, байрамнамо нишонланди. Онам оилавий ҳисобчи сифатида қўшимча
дарамад манбаидан қувонди, неваралари “байрам” бахонога қўлга киритган ўйинчоғ-у музқаймоқдан
қувонди. Онамга қўшилиб ҳаммамиз қувондик. Нафақа миқдори у қадар кўп эмас.
Албатта, сиз нафақанинг миқдорини аҳамиятга эга деб ҳисобламаслигингиз мумкин.
Бу учун сиз таҳсинга сазоворсиз. Қишлоқ учун эса нафақа қўшимча даромад манбаи,
невараларга ўйинчоғ-у, қанд-қурс, келинларга ўз ота-онасини кўриб келиш учун
кира ҳақи, фарзанднинг кечикаётган маоши ўрнида ишлатилиши мумкин бўлган
кичкина хазина. Онам нафақага чиқаётганда иш стажи икки йил етмаган, шу сабабли
баъзи қўшнилардан нафақаси камроқ, баъзи қушниларнинг иш стажи ўн йиллаб
етмаган, шу сабабли уларнинг нафақаси онамнинг нафақасидан камроқ. Барча
қўни-қўшни нафақахўрлар оладиган нафақа пули орасидаги фарқ айтарли даражада
катта эмас. Нимага? Ўн йиллар қилинган меҳнат қадри кўринмайдигандек. Ёки ўша
ўн йиллар жуда арзондек. Нимага? Ўзимча адолатнинг ҳар кўчасига кириб кўрдим.
Албатта, нафақа биринчи навбатда истеъмол савати қувватидан шакллантирилмоғи
керак, ҳар қандай шароитда у кишиларга яшаш имкониятини бериши лозим ва ҳоказо,
ва ҳоказо. Мен 23 ёшимдан давлат муассасасида иш бошлаган бўлиб мунтазам менга
белгиланиб келинган солиқларни тўласамда, охир-оқибат нафақага чиққанимда,
бутун умр қурувчилик билан шуғулланган, менга нисбатан кўпроқ даромадга эга
бўлган, бирор марта ортирган даромади учун солиқ тўламаган синфдошим билан
деярли бир хил нафақа оламанми? Давлатнинг менга нисбатан молиявий адолат қани?
Мен ахир солиқларни бутун умр тўлаб келганманку! Мен ўша қурувчи синфдошим мутлоқо
нафақа олмасин деган фикрдан йироқман. Унинг мамлакат равнақи учун ўзига хос
қатор хизматлари ҳам бор. Ўша хизматлар бюджет олдидами? Атрофга эътибор
берганмисиз? Қаранг, бекорчи, ҳеч қаерда ишламайдиган бирор кимса борми? Ҳамма
қайсидир ишни бошини тутган, ҳамма ўзи, оиласи учун ер тирнаган, бақирган,
кулган-кулдирган. Ҳамманинг ўзига яраша даромади бор.
Кичикроқ
қишлоқларда ўнлаб қурилиш ишлари билан шуғулланувчи гуруҳлар фоалият юритади.
Уларда юзлаб кишилар меҳнат қилишади. Юзлаб кишилар даромад манбаларига эга ва яна
ўша юзлаб кишиларнинг давлат бюджети олдида тўғридан тўғри ҳеч қандай маъсуляти-ю,
тўлов жавобгарлиги йўқ. Кейинроқ эса улар кўплар қатори “арзимаган” нафақаларга
эга бўлишади.
Уларни бюджет шаклланишидаги
иштирокини таъмин этиш мумкинми? Эҳтимол бу қийин иш эмасдир. Буни туман, шаҳарларда
қурилиш бюролари ташкил этиш орқали ҳам ҳал қилиш мумкин. Бу бюролар барча
қурувчи гуруҳларни бирлаштириши, мижозлар билан шартномалар имзолаши ва
гуруҳлар иш ҳақини тўлаб бериши мумкин. Ёки махсус патент дастурини ишлаб чиқиш
билан хусусий қурилиш соҳасидаги даромадларни бюджетга жалб қилиш иқтисодиётга
самара берар? Зотан, улар тенг фойдаланиладиган
хизматларда, мактаб синфхонасидаги фарзанди ўтирган янги парта, ўқиётган
китобида, чақолоқлари эмланаётган эмдорида, онаси олаётган, ўзи олиши керак
бўлган нафақада унга мутлоқо бегона бўлган кишиларнинг ҳиссаси борку!
вторник, 24 марта 2015 г.
Bemehr
Kunlarning birida eng yaqin do‘stlarimdan birining otasi
olamdan o‘tdi. Janaza bo‘ldi, tumonot odam yig‘ildi. Do‘stimning oilasi tumandagi
mashhur oilalardan biri ekanligi sababli yig‘inda ko‘plab kishilarni uchratish
mumkin edi. Mahallada taziyada qatnashmagan
odam qolmadi. Hamma-hamma o‘sha joyda to‘plangan edi.
Otasini tuproqqa topshirib qaytdik, do‘stimning uyiga borib
bir oz suhbat qurmoqchi bo‘ldim. Sheriklarim har doim beriladigan an’anaviy
savollarni berishdi, an’anaviy javoblarni olishib uy-uylariga tarqaldi.
Birmuncha vaqt u bilan qolgim keldi. Gapirmadim, savollar bermadim, o‘tirdik,
tamaki tutatdik.
– Dadamning
o‘limiga tayyor bo‘lib qoldim, ko‘z o‘ngimda so‘lib bordi, ko‘zidan nur
ketayotganini ko‘rib turdimu hech narsa qila olmadim. Uch kun davomida muttasil
salomatliklari ortga qarab ketdi. Toshkentdan do‘xtir kelishining hojati yo‘q
deb turib olishdi. Qon bosimining yuqoriligidan miya tomirlari yorilib
ketganmush.
Shu gapni bazo‘r
gapirdi-yu yana jimlik cho‘ki. “Bandachilik, sen nimayam qila olasan, hammasi
Allohdan” degan gaplarni ichimda aytdim. Nimaga? Balki oldinroq aytganligim
uchundir.
Uyga qaytdim-u, kun davomida “O‘limga tayyor bo‘lib qolish”
haqida o‘ylab yurdim. Nimagadir shu haqda o‘ylasam ko‘nglim g‘ashlanaverdi.
– O‘rtog‘ingiz …. Unaqa emasdilar-a? – dabdurstdan berilgan
savoldan esankirab qoldim.
– Qanaqa?
– Diydasi qattiq, bemehr?
Shundagina mahallaning
ayollari to‘planib janazada qatnashgan erlardan olgan informatsiyalarni
o‘rtoqlashgani, kimning janazada yig‘lagani-yu, kimning kulgani, qancha odam
kelgani, tobutni yelkaga olishganda qanday tartibsizlik yuzaga kelganligi ravshanlashdi.
Sundagina do‘stim nima demoqchi bo‘lganligini tushunib yetgandek bo‘ldim. Shundagina
shaxs haqidagi hukmni tushunib yetgandek bo‘ldim. Shunda hammasini angladim. Shunda
qo‘limdagi piola devolga urilib chil-chil bo‘ldi, xotinning og‘zi yarim
ochig‘ligicha qoldi.
Buvimni tuproqqa qoyayotganimiz ko‘z o‘ngimda gavdalandi,
hamma yig‘lagan, ayollar dod solgan, nevaralar “Voy enam”lagan. Ko‘zimda jiqqa
yoshu, negadir baqira olmayman. Nevaralar safidan chiqib ayvon ustuniga suyanib
turaman, kimdir qator oldiga surib olib o‘tadi, tandirxonadan oldinga surib
olib kelishadi, o‘tinxonadan. Gapira olmayman ham, bo‘g‘zimda nimadir tiqiladi.
Buvimni olib chiqishdi, asta tobut yoniga yaqinlashib qo‘limni tekkizdim-u yosh
boladek ho‘ngrab yubordim. Bu voqeadan ancha o‘tib yana bugun bo‘g‘zimga
nimadir tiqilib turibdi. Ehtimol o‘shanda “Voy enam”lab dod solmaganim uchundir,
ehtimol meni ham uni hozirgacha sog‘inishimga, katta yigit bo‘lib qolgan
vaqtlarimda ham tizzalariga bosh qo‘yib uxlashimga, peshonamni soatlab silab
o‘tirgan qo‘llarini qo‘msashimga qaramasdan “Bemehr” deb xulosa qilishganini bugun
anglab qolganim uchundir. Ehtimol do‘stimni eng yaxshi farzand bo‘lishiga
qaramasdan jamiyat (bugun u janazadagi “Dod”lamagan “Noqobil o‘gil” haqida uyga
habar keltirgan erkaklar va bu habarni muhokama qilgan ayollardan iborat)
“Bemehr” deb xulosa qilganligidandir.
вторник, 6 января 2015 г.
Bolalar o'limiga aloqador bo'lmagan Keyns
Hammamizni daxshatli xabar erta
tongdan qarshi oldi.
“Tuman markazida ishlayotgan hammom
(saunada) da ikki nafar o‘spirin o‘lik holda topildi”.
Men ishlayotgan ta’lim muassasida hammamiz
bir yoqadan bosh chiqarib shu masala haqida bosh qotira boshladik. Oxir-oqibat kimnidir
aybdor ekanligini aniqladik. Eng daxshatlisi, hatto, qorovul ham ularninh aybdor ekanligini tasdiqlashdi. Biz umumiy
majlisda vaziyat haqida tanishgan holda kelajakda ushbu holatga yo‘l qo‘ymaslik
choralirini ishlab chiqish yuzasidan kelishuvga erishishga harakat qildik. Hammomda
nima bo‘lganligi, o‘spirinlar tan
jarohatidanmi (?) vafot etganligi ma’lum emas. Shok uyga kelganimda ikka karra kuchaydi,
dasturxon boshida hamma vafot etgan o‘spirinlar haqida gapirayotgan edi. Indamay
tingladim, menga savolnomo qarashlarga og‘zim to‘la non bosh silkidim. Ko‘chaga
(yaqinda uylangan o‘rtog‘imning “Kelin chaqirdisi”ga) yo‘l oldim. Daxshatdan
titradim, quda tomon kuyov jo‘ralarni kutib olish jaroyonida o‘spirinlar haqida
gapirishayotgan edi.
Men bu haqida yozayotganimda 110 min
kishi yashayotgan tumanning ushbu masala haqida eshitmagan birorta qishlog‘i
qolmadi, ishoning menga. Oradan roppa-rosa 12 soatdan oshiqroq vaqt o‘tib
bormoqda.
Ma’lum
bo‘lishicha o‘spirinlar hammom yaqinidagi avtomobillarni yuvish shahobchasida
ishlashar ekan.
Mening
yoshligim hayolimdan yugurib o‘tdi. Hozir siz mendan maktabga qaysi kuni
bormagansan deb so‘rasangiz, o‘sha kunlar uchun javob bera olaman.
Sinfdoshlarim orasidan ikki nafari men 11 sinfda o‘qiyotgan mahalimda pul
topish, oilaning moddiy tashvishi bilan yashayotgan edi. Ulardan birining otasi
vafot etgan, ikki ukasi bilan onasining ihtiyori(!) unda qolgan (sizga
vaziyatni to‘la sharxlash shart emas deb hisobladim), ikkinchisi esa oramizda
eng topqir, ishbilarmon ekanligi (bu bugun ma’lum bo‘layotibdi) sababli darsni
tashlab o‘sha masalani asosiy rejaga qo‘ygan edi. Bugun mening o‘sha yoshimdagi
o‘spirinlar e’tibor qarataman. Ularning yoshi meni o‘sha o‘spirinligimdan
kattaroqdek. Menga ishoning, ular sizu-bizdek emas, ular kattoroq! Ularning
barchasini asosiy tashvishi, endilikda, pul topish, vaholanki, ular o‘spirin,
ular 10-11 sinf o‘quvchilari! Ular esa oila ehtiyojlari uchun o‘sha pulni ishlab
topishyayotibdi, jin ursin, siz bir necha yillar kechroq erishgan asosiy yutuq
bugun ularning qo‘lida! (Bitta masalada chekinish qilaman, bu ayniqsa kimga
tayyor ish degan kimsalarga, men yashayotgan mahallada kim bekorchi?! Birgina
muammo, siz meni, men yashayotgan hududni yaqindan bilmaysiz (buni bir ozdan
keyin facebookda e’lon qilmoqchiman, u yerda meni hech kim tanimaydi)) Nima
demoqchiman, ular o‘spirin emas! Ular allaqachon voyaga yetib bo‘lishgan. Bizning
farzandlar bizdan tezroq ulg‘ayishayotibdi, bizchi? Biz, siz, men 10-11 sinf
o‘quvchisini hammomda tan jarohatisiz o‘lishiga tayyormizmi? Nimaga 10-11 sinf
o‘quvchisini topgan pulini qa’bul qilgan vijdonimiz qiynalmaydi-yu, uning
kattalardek (bu men uchun daxshat, lekin?!) o‘limiga tayyor emas?! Nimaga ushbu
vaziyatni bu yigitlar hammom egasini taniganu, uni keyinchalik eshikni yopib
ketishlariga ishontirib ichkarida nasha (uni ilmiy, badiiy nomini bilmayman)
chekkanligini qabul qila olmaymiz?! Nimaga hech birimizni ular chekkandir degan
fikr qiynamayotibdi? Kimdir aytishga tayyor, – Chekkan bo‘lsa chekkandir… .
–
Siz yashang!
Keyns
nazariyasi meni har doim qiynaydi. Keynsga ko‘ra boy ham kammag‘al ham bir kosa
ovqat bilan qornini to‘qlasa bo‘ladi. Kishilar qo‘lida to‘plangan iqtisodiy
o‘sish bilan mos ravishda o‘sib borgan real daromadlar keyinchalik taklifning
to‘la qondirilmasligini keltirib chiqarishi mumkin. Bu iqtisodiyotni inqirozga
uchratishi mumkin, o‘nglab bo‘lmas. Keynsga qo‘shimcha sifatida aytmoqchiman,
davlat real daromadlarni nazoratga olishi mumkin, u hech qachon xulq-atvorni
nazoratga ola almaydi! Real daromadlar o‘sish ko‘rsatgichlaridan past bo‘lar
ekan, yoshga nisbatan o‘sib borish (ulg‘ayish) har doim tezroq ko‘tariladi. Bu keyinchalik
milliy inqirozni keltirib chiqarishi shubxasiz!
Nima
qilish kerak? Yoshlar, o‘spirinlar o‘rtasida jinoyatchilikni kamaytirish uchun
avvalo, oilalar qo‘lida to‘planadigan real daromadlarni mamlakat o‘sish
ko‘rsatgichlariga moslash talab etiladi. Mamlakatda jamiyatning real daromad
talabi va uni qondirilishining mosligi
to‘g‘ri tendensiyalarni (shubxasiz, bu qaysidir formulaga mos keladi) tashkil
eta olsagina yoshlar, o‘spirinlar o‘rtasidagi jinoyatchilikni kamaytirish
mumkin. Boshqachasi bekor.
Men
o‘sha ikki o‘spiringa achinaman, sizning o‘sish ko‘rsatgichlarga mos real
daromadlaringizga ham. Tez orada bizning yoshlar rus, ingliz, ispan yoshlariga ulg‘ayish
borasida yetib olishadi, faqat, siz unga tayyormisiz?
Farzandlari
vafot etgan oilalarga hamdarligimni izhor etaman. Iltimos, mendan o‘pkalamang.
воскресенье, 1 июня 2014 г.
Қарта ўйин ҳақида
Ассалом алекум. Биз томонларда
“гап”да бўлганмисиз? Бизда ҳамммаси
жўнгина, жин урсин, синфдошларингиз йиғлган бештами-ўнта, хонада сигарет тутини
буриқсиган, қўллар ҳар хил нарсалар билан банд; бирда ярим тўлатилган пиёлалар,
бирда қарта, ҳатто сигарет ушлашга етмай қолади одамни қўли, лабларда
бошқарилади сигарет ўмрови. Ҳамма биргина шовқин билан банд:
–
Кон кимда, кимники кон?
–
Қанча ўтаябсан?
–
Тушдингми?
Бу олатасирга ҳамма ўзича жавоб бериб ётибди,
умумий шовқин-сурон қанчалик кучли бўлмасин, якдиллик бор. Ҳамма қартани
ишқивози. Ва ҳамма шу доира ичидан четта эмас. Энг аламли томонлари чойхона
паловлар шунчаки ўз навбатини кутиб, ёғи тарашадек қотиб тургани ўз йўлига, бир
ойда бир марта кўраётган синфдошинг балан гаплашиш учун вақт етмайди, қарта
қизиганидан қизиди, бир сафар ҳаммаси қизариб келса, биттаси гезариб қорайиб
турган бўлади, бир сафар ҳаммаси қорайган маҳалда биттиси безрайиб қизариб
турган бўлади. Ҳозиргина юришиб қолган “қўл”ни қочирмаслик учун барор ким билан
гаплашиш нарироғда турсин хумрайиб (акс ҳолда, кимдир қўлингдагини сезиб қолиши
мумкин) ҳуддики, беэътиборча ўйинни давом эттирасан. Умуман олганда давом
этадиган бўлсам, кимдир ошни еб бўлиб кетиш учун фотиҳага қўл очгандагина
қимирлайсан, ва умуман ўша кеч эрта тонга айланган бўлади-ю, ва уйғониб
кимгадир яхши етволдингми деган мақсадда телефон қилсанг унинг биринчи саволи
кимнинг қанча ютганлиги-ю, ўзининг қанча ютқазганлиги (ақлли одамлар ҳар доим
ютади, лекин ҳеч қачон ютганлигини тан олмайди) ҳақида бўлади. Умумий манзара
ҳудди шунақа (Истесно бор, агар сизда шунақа ҳолат бўлмаса бу фақат ва фақат
сизнинг ютиғингиз). Биз томонларда, мен яшаётган қишлоқда, мен озгинча билган
туман ҳудудида, озгинча вилоятнинг у ёки бу четида бўлган бўлсам кўрганим ўша
жойларида, эҳтимолки Республиканинг ҳар турли жойларининг сиз яшаётган
тупкаларида шунақа. Хўш бизда ноқонуний қиморвозлик авжида (асли авжи қайси
нуқтада эканлиги билмайман, сабаби оддийгина, ўзим ўйнаган вазиятларда
ютказдирган максимал суммам 20 мингни, ютган максимал суммам 23 мингни ташкил
қилган, ва бу сиз учун қанчалиу кулгили бўлмасин, ўша қартани “азар”тини
суммаларда ўлчамаганлигим, керак бўлса гугурт чўпидан ҳам ўйнашим мумкинлиги
учунгина бу суммаларнинг тариқчалик аҳамият касб этмаслигини, ва энг муҳими,
шунчаки ўйин эканлигини, бу ҳақда гапириш ўз навбатида балким алоҳида блогпост
талаб этиши мумкинлигини эслатган ҳолда, сизни чалғимасликка чақираман, мен
кейинчалик айтмоқчи бўлган гапларим эҳтимолки менинг шахсий рекордларимга
умуман боғлиқ эмас). Ва фикримни давом эттираман, бу ёғига қартавозчиликнинг
зарари ҳақида умуман гапирмасам ҳам бўлади. Чунки ҳаммамиз унинг реал зарарлари
ҳақида биламиз; биринчидан чўнтакка зиён, иккинчидан, маҳалла-кўй учун яхши
хулқ намунасидан эмас, учинчидан қартавозлик бошқа жиноятлар учун шунчаки калит
вазифасини ҳам ўташи мумкинлиги аён. Умумман олганда бу саноқнинг охирини топиш
мумкин эмас, айтиш мумкинки ҳамма разолат шунда мужассам. Хўш, бу муаммо
мавжуд, ўша мавжуд муаммога қарши биз қандай курашябмиз? Гап вояга етмаганлар
ҳақида эмас, гап айни биз, вояга етган, керак бўлса айтиш мумкинки, паспортга
эга шахсларга нисбатан айтилаганда қандай курашябмиз? Мантиқан олиб қараганда
қартавозчиликка қарши курашнинг қандай усуллари бор? Биринчидан, гап-гаштак
бўладиган чойхоналарни вақтлироқ ёпиш, жазо учун жавобгарлик чораларни
кучайтириш, ташвиқот-тарғибот ўтказиш ва ҳокозо. Умуман олганда қарши кураш
чоралари бор, лекин қанчалик фойдали? Алоҳида тўхталишни ҳоҳламаябман, лекин
ҳаммасини қарши таъсир реакциялари бор. Ҳаммасида бор.
Балким
бизга қонуний казиноларни очиш вақти келгандир? Балким шу йўл билан курашармиз?
Қачонгача ноқонуний иш қиламиз-у, ҳамма бунга кўз юмиши керак? Қачонгача ўз
пулимизни ютқазишимизни қонуний, жавобгарликдан ҳоли (ахир, мен ўз ҳоҳишим
билан ютқазаманку) эмаслигидан иккиланишимиз (афсуски, бундан юмшоқроқ гап
тополмадим) давом этиши, бутун дунё кўнгилчар ўйинлардан жарақлатиб давлат
хазинасини тўлдираётган маҳалда биз бу реал фойда манбасидан юз ўгиришимиз
керак. Барибир бу жараён давом этаётган экан, баски, уни қонунийлаштириш вақти
келмадими? Бизга ҳам кўнгил очар ўйинларга тўла “Орзулар шаҳри” – Миллионли
шаҳар керак эмасми?
пятница, 30 мая 2014 г.
Карнегидан хафаман
Кунларнинг бирида раҳбаримнинг Карнегини ўқиши
ҳақида кутилмаган тарзда билиб қолдим. Кейинроқ маълум бўлишича Карнегининг
муҳим масалалар юзасидан ёритган, гапириб ўтган, эслатма сифатида келтирган
гаплари-ю иқтибосларини махсус ён дафтарга ёзиб борар экан. Мана шу ҳақиқатни
билганимдан кейин раҳбаримга нисбатан қарашларим ўзгарди десангиз. Қилган
ишларим учун эшитаётган мақтовдаям, қилмаган ишларим учун эшитаётган даккидаям,
умуман олганда иш билан боғлиқ ҳар қандай масалада “Карнеги руҳи”ни қидиришга
киришиб кетдим. Уни, ўша Кернеги руҳини энг тупканинг тагига яширинган бўлсаям
қидириб кўрдим, уни чақнаб турган кўзлардан, уларнинг энг тубидан, чарақлаб
турган табассумдан, им қоқишлар-у, бош силкитишлардан ҳам қидирдим. Шу кундан
раҳбаримнинг самимийлигига ишончим буткул йўқолди.
Кеча
қизиқ суҳбат бўлиб қолди, Карнегичи дўстларимдан бири Карнегининг ҳаётий
зарурати ҳақида берилиб гапирди, уни нақадар фойдалилигини, энг муҳими Карнеги
бировнинг бурнини қонатиш ҳақида гапирмаганини айтди. “Биз ҳаммамиз ўзаро
муносабатларимизни Карнеги айтгандек
қурсак канчалик яхши бўлишини биласанми?” – дейди. Афсуски, Карнеги соддадил
ўзбегимни аллақачонлар пичоқсиз сўйиб бўлди. Энди ҳаммамиз бир-биримизга
ялтоқланишимиз, ўз фойдамиз йўлида, ўз манфаатимиз йўлида тусимизни
ўзгартиришимиз, ўзимизни ниқоблашимиз, аслиятимизни, фақатгина, биргина
ўзимизгагина хос бўлган харектеримизни умумбашарий харектер сифатида
сифатлашимиз қолди, жаноблар. Карнеги қанчалик тўғри йўлги кўрсатиб берган
бўлмасин, уни амалга ошириб бўлмайдиган жойлар, муҳит ҳақида ҳеч ўйлаб
кўрган-кўрмаганлиги менга қоронғу, шуниси оппа-ойдинки ўзбекнинг самимияти энг
муҳимидир.
Подписаться на:
Сообщения (Atom)




